Lug'at Daftar Tutmasdan

Ko'proq so'zlarni yodlang va ularni uzoq muddatga eslab qoling

Hoziroq ilovani Play Store dan yuklab oling va so’z boyligingizni sifatli va samarali oshirishni boshlang!

Ilovani yuklab olish WordQ
Bu sizga ayni kerakli ilova

Agar . . .

ilovamiz bilan nimalarga erisha olasiz?

Quyida ilovamiz qanday imkoniyatlarga ega ekanligini bilib olishingiz mumkin:

Bularning barchasi safsata bo'lsa kerak, to'g'rimi?

Yo'q albatta. Bunga ishonch hosil qilish uchun ilovamiz qanday ishlashini quyidagi 3 qadam orqali tushunib olsangiz bas.

Xulosa qilib aytganda, WordQ ilovasi bir vaqtning o'zida siz uchun lug'at, lug'at daftar, darsxona va unumli yodlash tizimi vazifasini bajaradi va so'z boyligingizni oshirishda katta natijaga erishishingizga yordam beradi.

Ko'p beriladigan savollar

"Oraliqli Takrorlash" nima?

Oraliqli Takrorlash bu - biror ma'lumotni uzoqroq muddatga eslab qolishga yordam beradigan yodlash usuli. Bu usul yodlagan ma'lumotingizni shunchaki uni unitishni boshlashingizdan sal oldinroq takrorlashdan iborat. Bu usul bilan siz biror ma'lumotni yodlashda ancha vaqtingizni tejashingiz, lekin katta natija olishingiz mumkin. Buni quyidagi misol bilan yanada osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Tasavvur qiling siz yerga urug' ekdingiz. Agar siz uni 1 marta sug'orib keyin u haqida butunlay unutsangiz, u qurub qoladi. Agar urug'ni tinmasdan sug'orsangiz ham u kasallanadi yoki nobud bo'ladi. Oraliqli Takrorlash bu - urug'ni doim, lekin faqat o'z vaqtida sug'orib turishdir, ya'ni siz yodlagan ma'lumotingiz xotirangizda yaxshi unib va ildizlab joylashib olishga yordam berishdir.

Ilova qaysi darajadagi o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan?

Ilova asosan ingliz tili darajasi boshlang'ich (beginner) va o'rta (intermediate) bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan, chunki bu ilova yordamida ular mukammal (advanced) darajaga tez va oson chiqa oladi. Lekin bu ilovadan mukammal (advanced) darajadagi o'quvchilar ham foydalanishi va yaxshi natijagalarga erishishlari mumkin.

So'zlarni doimiy xotiramga o'tkazish uchun ularni 10 marta takrorlashim yetarli bo'ladimi?

O'tkazilgan bir nechta tadqiqotlarga ko'ra, "Ha", shunday. Lekin bu minimal ko'rsatgich, ya'ni ko'pchilik so'zlar uchun ularni doimiy xotirangizga o'tkazish uchun "Oraliqli Takrorlash" orqali 10 marta takrorlash yetarli bo'ladi. Lekin ba'zi bir eslab qolish qiyinroq bo'lgan so'zlar 10 martadan ko'proq takrorlashni talab etadi. Shuning uchun ilovamiz agarda biror so'zni yaxshi eslab qolalmayotganingizni aniqlasa uni yaxshilab eslab qolmaganungizcha takrorlashlar sonini oshirib boraveradi.

Ilovada yodlash uchun tayyor qo'shilgan so'zlar ham bormi?

Albatta. Ilovadagi "Qo'shimcha Dars" da quyidagi mavzular bo'yicha yodlash uchun tayyor so'zlar to'plami kiritilgan va vaqt o'tishi bilan ular ko'paytirilib boriladi:

  • Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan so'zlar
  • Ingliz tilida og'zaki nutqda eng ko'p ishlatiladigan so'zlar
  • SAT uchun so'zlar
  • IELTS uchun so'zlar
  • TOEFL uchun so'zlar
Ilova ishlashi uchun internet kerakmi?

Ilovan ishlashi uchun hech qanday internet kerak emas. Shuning uchun undan istalgan joyda va istalgan vaqt bemalol foydalanishingiz mumkin.

HOZIROQ YUKLAB OLING

Hoziroq ilovani yuklab oling va jiddiy maqsadlaringiz sari jiddiy qadam tashlang.

Sizda ilova bo'yicha takliflar bormi?

Agar sizda ilova bo'yicha qo'shimcha takliflar, shikoyatlar yoki savollar bo'lsa biza yuboringishingiz mumkin va biz ularni o'rganib chiqamiz. Agar siz bilan qayta bog'lanishimiz kerak bo'lsa, xabaringizda siz bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar qoldirishni unutmang (masalan, telefon raqam, email, telegram).